Shimoliy Finlyandiya universiteti olimlari sauna va hammomlarga doimiy ravishda borib turish demensiya — aqliy qobiliyat susayishining oldini olishini aniqladi. Tadqiqot Age and Ageing jurnalida chop etildi.
Mutaxassislar 20 yil davomida o‘rta yoshdagi 2 ming erkakning salomatligi holatini kuzatib bordi. Tadqiqot ishtirokchilari saunaga qatnab turish davomiyligiga qarab 3 guruhga bo‘lindi.
Tadqiqotchilar hammomga haftasiga to‘rt—yetti marta borganlarda buni haftada bir bor amalga oshirganlarga nisbatan demensiyaning istalgan shakli rivojlanishi xavfi 66 foizga kamayishini aniqladi. Saunaga bot-bot borib turganda Alsgeymer kasalligiga chalinish xavfi ham 65 foizga kamayadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)