• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Qo‘ziqorin

    Zaharli ilonlar va qurollangan bosqinchilar: “Yer sayyorasi II” qanday suratga olingan?

    Bundan 10 yil avval ekranlarga chiqqan “Yer sayyorasi” seriali yovvoyi tabiat haqida hikoya qiluvchi a’lo darajadagi hujjatli kinoasar sifatida tan olingan, biroq uning davomi — “Yer sayyorasi II” esa undan-da yaxshiroq chiqdi — hujjatli teleserialning har bir qismini 10 million tomoshabin kuzatib bordi. Meduza nashri “Yer sayyorasi II”ning aqlbovar qilmas kadrlari qanday qilib suratga olingani va tasvirga olish guruhi 2016-yilning eng asosiy hujjatli serialini syomka qilishda qanday qiyinchiliklarga duch kelgani haqida hikoya qildi.

    “Yer sayyorasi II” olti qismdan iborat. Serial tayyor bo‘lguniga qadar uning ijodkorlari jahonning 40 mamlakatida 117 ta tasvirga olish jarayonini uyushtirdi. Unikal kadrlarni olish uchun operatorlar 4K-kameralar, dronlar, paraglayderlar va hatto burgutlardan foydalandi. Masalan, o‘nlab ilonlardan qochayotgan yangi tug‘ilgan iguana bilan bog‘liq dahshatli sahna dronlar va yerdagi ikki operator yordamida olingan — ulardan biri shtativ va uzun fokusli obyektivlar bilan lavhalarni kattalashtirib tasvirga olgan bo‘lsa, ikkinchi operator oddiy kamerada ishlagan.

    Jasur iguanalarni tasvirga olish ishlari Galapagos orollarida bo‘lib o‘tdi va bu holat ham ishga yordam berdi: bu yerdagi jonivorlar odamdan qo‘rqmaydi. Shu sababli operatorlarning yashirinib o‘tirishiga ham hojat yo‘q edi. Iguanalar haqidagi epizod ikki yil davomida suratga olingan, bu vaqt ichida tasvirga olish guruhi Galapagos orollariga ikki marta 18 kunlik sayohatni tashkil etdi. Namoyish uchun tayyorlangan video esa 9 daqiqadan iborat.

    Serial ijodkorlarining qayd etishicha, montajning eng asosiy vazifasi — tasvirga olingan materialni televizion formatga moslab qadoqlash, siqish va zichlashtirishdan iborat. Masalan, “Jungli” seriyasida jannat qushlari haqida hikoya qilinadi: asosiy hikoya moda qushning e’tiborini tortish maqsadida raqsga tushayotgan nar qush nuqtai nazaridan suratga olingan. Raqs yarim soatgacha davom etishi mumkin, biroq video qisqartirilgan — shu sababli epizodga moda qush va narning raqobatchilari nuqtai nazaridan olingan kadrlarni ham kiritishning uddasidan chiqilgan.

    Lekin grizli ayiqlariga bag‘ishlangan lavhada BBC One mualliflari videoni boshqacharoq montirovka qilgan: dastlab tomoshabinlarga Shimoliy Amerika tog‘laridagi kuchli ko‘chki, so‘ng ovqat izlab yurgan ayiqlar ko‘rsatildi. Ko‘chki kadrlari 10 yil avvalgi bo‘lib chiqdi — bu tabiat hodisasi birinchi serial uchun olingan edi. Bu holat ba’zi tomoshabinlarni achchiqlantirdi, biroq serial ijodkorlari bunda muammo ko‘rmayapti: “Biz ayiqlar hozirgina ko‘chki bo‘lgan shu qoyadan yurib kelayapti, deb aytganimiz yo‘q. Biz ko‘chkilar umuman olganda muammo ekaninini ko‘rsatmoqchi bo‘ldik”. “Bi-bi-si”dagilarning e’tiroficha, tejamkorlik maqsadida eski kadrlardan foydalanilgan.

    “Yer sayyorasi II”ning xuddi shu epizodi Alp tog‘larining havodan olingan kadrlari uchun ham tanqid qilindi. Ba’zi lavhalar burgutga o‘rnatilgan kamera orqali olingan; dastlab tomoshabinlar serial ijodkorlari yirtqich qushni “egarlashga” muvaffaq bo‘lganidan hayratini yashira olmadi, biroq keyinroq bu qo‘lga o‘rgatilgan burgut ekani ma’lum bo‘ldi (unga haqiqatan ham kamerani qotirib qo‘yishgan edi). “Bi-bi-si” esa qushning kelib chiqishini ham yashirib o‘tirgani yo‘q: burgutning laqabi Slovak ekani va u Fransiyada yashashi seriya oxirida namoyish etilgan suratga olish jarayoni haqidagi lavhada aytib o‘tilgan.

    Tasvirga olish ishlari vaqtida tez-tez kutilmagan hodisalar yuz bergan. Atlantika okeanining janubida joylashgan Zavadovskiy vulqon-oroliga ekspeditsiya bir yil davomida rejalashtirildi; jamoa Atlantika pingvinlari istiqomat qiladigan bu orolgacha yetti kun suzdi. To‘fon vaqtida kamera shalabbo bo‘ldi. Boshqa shunday kamerani topish imkoni yo‘q edi, shu sababli qurilmalarni grelkalar yordamida quritishga to‘g‘ri keldi. Oxir-oqibat, kamera kemadagi oshxona plitasida to‘la quritildi.

    Operatorlardan biri shaffof qurbaqalarni tasvirga olayotgan vaqtida hayotini jiddiy tarzda xavf ostiga qo‘ydi. Sudralib yuruvchilarni izlab topishga ko‘maklashgan olim sayyoradagi eng xavfli ilon yashaydigan uncha katta bo‘lmagan ko‘l yaqinida istiqomat qilardi. Shunga qaramay, operator uch hafta davomida shu ko‘l ichida o‘tirib, qurbaqani tasvirga oldi va arilar qurbaqaning tuxumini qachon o‘g‘irlarkin, deb kutdi.

    Madagaskarda tasvirga olish guruhi boshqa muammoga duch keldi. Chigirtkalarni videoga olish rejalashtirilgan joyda operatorlarni qurollangan odamlar kutib turgani ma’lum bo‘ldi. Tasvirga olish ishlarini zudlik bilan to‘xtatish va xavfli hududni tark etishga to‘g‘ri keldi. Biroq, “Yer sayyorasi”ning operatorlari uyga muhim kadrlarsiz qaytishni istamay, vertolyot izlab topishdi va chigirtkalarni baribir suratga olishdi.

    Qozog‘istonda esa operatorlar guruhi sayg‘oqlarning ommaviy qirilishi guvohiga aylandi. Tasvirga olish ishlari yuz minglab urg‘ochi sayg‘oqlar bir vaqtning o‘zida avlod qoldirayotgan joyda bo‘lib o‘tayotgan edi. So‘ng qandaydir og‘ir kasallik sabab, ularning 150 mingtasi uch kun ichida qirilib ketdi.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    20.12.2016, 22:10   Izoh (0)   32598
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yer sayyorasi II”ning eng yaxshi lavhalari: Suzayotgan yalqov, qor qoploni va jasur iguana

    20.12.2016, 17:00

    Britaniyalik erkak ming nafar hamkasbiga Yangi yil sovg‘alarini ulashadi

    20.12.2016, 10:13

    Qoidabuzar haydovchiga antiqa jazo: Keksa chiqindi tashuvchi taqiqlangan joyda qoldirilgan mashinani 40 bak bilan o‘rab tashladi

    19.12.2016, 19:37

    Fin olimlari saunaga doimiy borib turish aqliy qobiliyat susayishining oldini olishini aniqladi

    19.12.2016, 14:46

    Toshkent ko‘chalarini mototsiklda kezayotgan Santa-Klaus (foto)

    18.12.2016, 20:24

    Toshkent ko‘chalarida bayram kayfiyatini ulashib yurgan Spark (video)

    18.12.2016, 18:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 17:11

    “Rasmingni qo‘yib ham kaltaklayveradi, qayoqqa qochasan?” — Zoir Mirzayev OAVdan qochayotgan hokimlar haqida

    O‘zbekiston | 11 avgust, 17:00

    Bolada til chiqishi kechiksa: bu normal holatmi yoki rivojlanishdagi muammo?

    Farzand | 11 avgust, 16:50

    “Futbol TV” hamda “Sport TV” kuchli beshlik chempionatlarini translyatsiya qiladi

    Sport | 11 avgust, 16:45

    “Odamlar muhim qarorlarni ChatGPT’ga ishonib topshirayotgani meni xavotirga soladi” — Sem Altman

    Dunyo | 11 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 16:14

    Xitoy tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod g‘oyib bo‘ldi — WSJ

    Dunyo | 11 avgust, 16:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.