4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuhu
Janobi Oliylari!
Siz, Janobi Oliylariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklarimni yo‘llashdan behad mamnunman.
Sizga shu munosabat bilan o‘z nomimdan, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi xalqi va hukumati nomidan eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Mamlakatlarimiz va xalqlarimizning umumiy manfaati yo‘lida davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar va hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, islom hamjamiyatiga xizmat qilish va butun dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga tayyor ekanimizni tasdiqlayman.
Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sihat-salomatlik, O‘zbekiston xalqiga ulkan muvaffaqiyatlar va farovonlik tilayman.
Abdulloh II bin al-Husayn,
Iordaniya Podshohi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuhu
Janobi Oliylari!
Sizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishganingiz munosabati bilan o‘zimning samimiy tabriklarimni yo‘llash menga behad mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Sizga mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman, kelajakda do‘stligimiz va hamkorligimiz yanada mustahkamlanishiga umid qilaman.
Ezgu tilaklar bilan,
Hoji Hassanal Bolkiyah,
Bruney Dorussalom Sultoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Sizni yaqinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli g‘alaba qozonganingiz va Prezident etib saylanganingiz munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
Ishonchim komilki, O‘zbekiston xalqi o‘z xohish-istagini bildirgani Sizning islohotlar izchilligini ta’minlash, rivojlangan iqtisodiyot prinsiplarini davom ettirish va O‘zbekiston xalqi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan faoliyatingizni keng qo‘llab-quvvatlaganidan dalolatdir.
Sizning faoliyatingiz davomida Moldova Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik mamlakatlarimiz farovonligi yo‘lida har tomonlama rivojlanishiga aminman.
Sizga mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmatimni qabul qilgaysiz.
Nikolaye Timofti,
Moldova Respublikasi Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram janob Prezident!
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan Isroil hukumati nomidan muborakbod etishga ijozat bergaysiz. Sizga mamlakatingizni taraqqiyot va farovonlik yo‘lida yanada rivojlantirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Isroil va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar bundan buyon ham rivojlanishiga ishonaman. Sizni o‘zingizga qulay vaqtda Isroilga tashrif bilan kelishga taklif etaman. Tashrifingiz davomida Quddus shahrida Sizni qutlash va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari hamda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish menga mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Hurmat bilan,
Binyamin Netanyaxu,
Isroil Davlati Bosh vaziri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janob Prezident!
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan chin dildan samimiy tabriklashga ruxsat bergaysiz.
Sizga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Raul Kastro Rus,
Kuba Respublikasi Davlat Kengashi
va Vazirlar Kengashining Raisi
Shuningdek, quyidagilar o‘z qutlovlarini yo‘llagan:
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Bosh vaziri, mudofaa vaziri — Xani al-Mulki
Yevroparlament deputati, “Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston” parlament hamkorligi bo‘yicha delegatsiya rahbari o‘rinbosari — Ulrike Myuller
“Eyrbas Xelikopters” kompaniyasining katta vitse-prezidenti, Yevropa bo‘yicha rahbari — Olivyer Mishalon
Yaponiya Demokratik partiyasi prezidenti, Parlament maslahatchilar palatasi deputati — Renxo
“Komeyto” partiyasi prezidenti (Yaponiya) — Natsuo Yamaguchi
NEK korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi — Nobuxiro Endo
“Injiniring Dobersek” kompaniyasi bosh direktori — Ing Albin Dobersek
Shveytsariyaning “Yureyja xat” tibbiyot fondi prezidenti — Paul Fogt
“Amkodor” xoldingi direktorlar kengashi raisi — Aleksandr Shakutin
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
Izoh (0)