Turkiya tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Andrey Karlov o‘ldirilganini qoralaydi. Bu haqda tashqi siyosiy mahkama saytida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Biz mazkur teraktni qoralaymiz. Uni amalga oshirgan kimsa yo‘q qilindi. Bu fojia aybdorlarining barchasi Turkiya sudi qarshisida javob beradi. Ushbu hujum terrorchilikning jirkanch va vahshiy qiyofasini yana bir bor namoyish etdi. Turkiya Rossiya va boshqa sheriklar bilan birga terrorchilikka qarshi qat’iy kurashda davom etadi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, turk diplomatlari yuz bergan hodisa Rossiya—Turkiya aloqalariga soya solmasligi uchun bor kuchlarini sarflashiga ishontirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)