IShID terrorchi guruhi Yamanning Adan shahri yaqinidagi as-Sulban harbiy bazasiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Harbiy baza mahalliy aeroport yaqinida joylashgan edi. Unda portlashni xudkush uyushtirdi. Oxirgi ma’lumotga ko‘ra, terakt qurbonlari soni 30 kishiga yetdi.
Xuddi shu harbiy baza 10-dekabr kuni ham terakt nishoniga aylangan edi: u safargixudkush hujumi oqibatida, oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, 45 harbiy xizmatchi halok bo‘lgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)