Kiyevning Pechyorskiy tuman sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni qo‘lga olib, uni sud zaliga yetkazishga ruxsat berdi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Yuriy Lutsenko Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Uning ta’kidlashicha, sud harbiy prokuror Krivenkoning Yanukovichni ushlash to‘g‘risidagi iltimosini qondirgan.
Izoh (0)