Rossiya Bank of America Merrill Lynch versiyasi bo‘yicha rivojlanayotgan mamlakatlar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi. U mazkur reytingda 2009-yildan buyon birinchi marta Xitoydan o‘zib ketdi. Birinchi natijani Janubiy Koreya qayd qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Reyting moliyaviy barqarorlik — inflyatsiya ko‘rsatkichlari, YaIM, iqtisodiy o‘sish va boshqalarga ko‘ra tuzildi.
BofAML strategi Devid Xoner YaIM o‘sishi bo‘yicha Xitoy ilgarigidek kuchli beshlikka kirishini, ammo mamlakatning xususiy va davlat qarzi ko‘rsatkichlari tushib ketgani bois u pozitsiyalarini yo‘qotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)