“Barselona” jamoasi Braziliyaning “Shapekoense” klubini 2017-yilgi an’anaviy Joan Gamper kubogi uchun matchga taklif qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
O‘rtoqlik turniri doirasida faqat bitta o‘yin o‘tkaziladi. Agar Braziliya jamoasi taklifni qabul qilsa, kelasi yili “Barselona”–“Shapekoense” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Kolumbiya osmonidan o‘tayotgan samolyot halokatga uchragani bois uning bortidagi 27 nafar jamoa a’zosidan 22 nafari voqea joyida halok bo‘ldi. Alan Rushel, Jekson Folman va Xelio Sampyer Neto kabi futbolchilar halokatda omon qoldi. Darvozabon Markos Danilo esa shifoxonada vafot etdi.
Izoh (0)