Boliviya hukumati Braziliyaning “Shapekoense” futbol jamoasining deyarli barcha a’zolari halok bo‘lgan aviahalokat ishi bo‘yicha LaMia aviakompaniyasining bosh direktori Gustav Vargasni hibsga oldi. Bu haqda prokuror Ivan Kintanilya ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
El Tiempo nashrining ma’lum qilishicha, Vargasdan tashqari kompaniya kotibi va muhandisi ham qo‘lga olingan.
Avvalroq Vargas qulab tushgan samolyot Kolumbiyaning Medelyin shahriga parvoz qila turib, Boliviyaning Kobixa shahrida rejalashtirilgan yoqilg‘i quyishni o‘tkazib yuborganligini ma’lum qilgan edi. So‘zlashuvlar audioyozuvining guvohlik berishicha, uchuvchi yoqilg‘i yetishmovchiligi haqida halokatga juda kam vaqt qolganda ma’lum qilgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, Boliviyaning Santa-Krus-de-la-Syerra aeroporti xodimi Seliya Kastedo ekipaj komandirini yoqilg‘i yetmay qolishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Hozir esa Kastedo Braziliyadan boshpana so‘ramoqda. Chunki uning bayonotidan keyin unga nisbatan tahdid qilingan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)