6-dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Majlisda, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilingan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmatining qayd etishicha, prokuratura organlari xodimlarining kasb bayramini belgilash prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, ular tomonidan xizmat vazifalarining vijdonan bajarilishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
“Deputatlar mazkur qonunni qabul qilish va Oliy Majlis Senatiga ko‘rib chiqish uchun yuborish to‘g‘risida qarorlar qabul qildi”, — deyiladi rasmiy axborotda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)