O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
2016-yilning 8—9-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu majlisda Germaniyaning YXHTdagi raisligi yakunlanadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Gamburg shahrida YXHT a’zo mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari bilan qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7-dekabr kuni Markaziy Osiyoning 5 mamlakati va AQShning tashqi siyosat idoralari rahbarlarining “C5+1” shaklidagi uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)