SSKA jamoasi himoyachisi Mario Fernandes “Ural”ga qarshi (4:0) Rossiya chempionati 17-tur o‘yinida yopiq bosh miya jarohatini oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Tibbiy ko‘rikdan 4-dekabr kuni o‘tgan futbolchiga bosh miya chayqalishi tashxisi qo‘yildi. Ayni vaqtda futbolchi shifokorlar ko‘rigi ostida bo‘lib turibdi.
Mario Fernandes 8-dekabrga o‘tar kechasi “Tottenhem”ga qarshi YChL guruh bosqichi so‘nggi turida maydonga tushishi haqidagi qaror keyinroq qabul qilinadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)