• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bugun — Prezident saylovi kuni

    Bugun O‘zbekistonda Prezident saylovi o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9 ming 383 saylov uchastkasida soat 6:00 dan ovoz berish boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Mustaqillik yillarida to‘plangan boy tajribaga tayangan holda ushbu ulkan siyosiy voqeaga puxta tayyorgarlik ko‘rildi, deyiladi xabarda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14 saylov okrugi, mazkur okruglar tomonidan 9 ming 383 saylov uchastkasi tashkil etildi. Mamlakatning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida 44 saylov uchastkasi tuzildi. Uchastka saylov komissiyalari tarkibi shakllantirilib, ularning faoliyatiga 98 mingdan ziyod kishi jalb qilindi. Barcha uchastkalarda ona va bola, tibbiyot xonalari tashkil etildi. Ovoz berish xonalari, qutilar, ko‘chma qutilar tayyorlandi. Uchastkalar saylovga oid qonun, yo‘riqnoma, qo‘llanma, zarur adabiyotlar, nomzodlar va ularning dasturlarini tanishtiruvchi plakatlar, telefon, komputer hamda internet bilan ta’minlandi.

    Mamlakatdagi barcha siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etish istagini bildirdi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Sarvar Otamuratovni, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Shavkat Mirziyoyevni, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Xatamjon Ketmonovni, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Narimon Umarovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatdi.

    Nomzodlarga saylovoldi tashviqotini o‘tkazish, davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng sharoitlar yaratildi. Saylovchilar bilan uchrashuvlar videokonferensiya tarzida o‘tkazilgani aholi keng qatlamlarini qamrab olish imkonini berdi. Fuqarolar nomzodlarning tarjimai holi, saylovoldi dasturi bilan atroflicha tanishdi.

    Bu galgi Prezident saylovi yangi ijtimoiy-siyosiy, demokratiya yanada rivojlangan sharoitda o‘tadi. Keyingi yillarda mamlakat Konstitutsiyasi va saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar saylov tizimini takomillashtirdi. Buning samarasida saylovlarning ochiq-oshkora, xalqaro demokratik tamoyillarga to‘la mos holda o‘tkazilishini ta’minlaydigan mukammal qonunchilik bazasi shakllandi.

    Saylovchilar uchun bir qator qulaylik va sharoitlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir taklifnoma va saylov byulletenining yangi varianti ishlab chiqildi. Jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarning ovoz berishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida har bir saylov uchastkasi pandus bilan jihozlandi. Kabinalarning biri nogironlarning ovoz berishi uchun ajratildi.

    Ko‘zi ojiz fuqarolarga brayl alifbosida saylov mavzusi bo‘yicha turli risolalar chop etildi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib mamlakatda ilk marta ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan saylov byulletenlari tayyorlanib o‘z egalariga yetkazildi.

    “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 31-moddasiga ko‘ra, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lmaydigan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 24-noyabrdan 2-dekabrga qadar davom etdi.

    Soat 6.00 da boshlanadigan saylovda 20 milliondan ziyod saylovchi ishtirok etishi kutilmoqda. Shundan 550 ming yigit-qiz birinchi marta ovoz beradi. 4-dekabr kuni poytaxtimiz va boshqa shaharlarda jamoat transporti aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi.

    Saylovning ochiq va oshkoraligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini 44 davlat va besh xalqaro tashkilot – YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorlik tashkiloti vakillari kuzatayotib bormoqda. Saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari kuzatuvchi sifatida qatnashmoqda. Saylov jarayonini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 1 ming 400 dan ortiq vakili yoritib bormoqda.

     

    04.12.2016, 05:51   Izoh (0)   7764
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 4-dekabr kuni tongda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    03.12.2016, 21:38

    Korzinka.uz saylov kuni maxsus aksiya o‘tkazadi

    03.12.2016, 16:49

    Faxriddin Karatayev: Prezident saylovidan keyin O‘zbekistonning nufuzi yanada ortishiga ishonamiz

    03.12.2016, 12:55

    Kudaybergen Yerjan: O‘zbek xalqi mamlakat kelajagi uchun ovoz beradi

    03.12.2016, 11:23

    O‘zbekiston Prezidenti saylovida 118 mingga yaqin fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi

    03.12.2016, 10:40

    Xeyla Xamad al-Mekeimi: Prezident saylovi O‘zbekiston istiqboli bardavomligini belgilab berishda muhim ahamiyat kasb etadi

    03.12.2016, 10:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.