Avstriya Ozodlik partiyasidan mamlakat prezidentligiga nomzod Norbert Xofer qayta o‘tkazilgan saylovda mag‘lub bo‘lganini tan oldi. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasida joylashtirgan bayonotida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Aziz do‘stlar, qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat, uddalay olmaganimizdan juda ta’bim xira bo‘ldi”, — deb yozdi siyosatchi o‘z sahifasida.
Saylovda uning raqobatchisi mustaqil nomzod, Yashillar partiyasining sobiq yetakchisi Aleksandr van der Bellen edi.
APA agentligi ma’lumotlariga qaraganda, shu paytgacha 56 foiz byulletenlar ko‘rib chiqildi. Ularning natijalariga ko‘ra, van der Bellen 53,5 foiz, Xofer esa 46,7 foiz ovoz to‘pladi.
Saylov yakunlari 5-dekabr kuni e’lon qilinadi.
Izoh (0)