Diyego Maradona Kuba inqilobi rahbari Fidel Kastroning dafn marosimida ishtirok etish uchun 2-dekabr, juma kuni Kubaga uchib keldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Ikkinchi otam, bizni tark etayotgan, biroq o‘zidan biz unutishimiz mumkin bo‘lmagan yorqin meros qoldirayotgan afsona yonida bo‘lish uchun keldim. Kuba eng buyuk fuqarosi o‘limidan so‘ng zaiflashadi, deb o‘ylaganlar adashadi, aksincha, Kuba yanada kuchliroq bo‘lishi lozim”, — deya ta’kidladi sobiq futbol yulduzi mahalliy davlat televideniyesi efirida.
26-noyabr kuni Maradona Fidel Kastroning hayotdan ko‘z yumgani haqidagi yangilikni sharhlar ekan, uning o‘limi sanasini “mudhish kun” deb atagandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)