Yer aholisining soni 2016-yilda 7,43 milliard kishiga yetdi. Bu o‘tgan yilgi 7,34 milliarddan 1,1 foizga ortiqdir. Bu haqda BMTning aholishunoslik sohasidagi jamg‘armasi hisobotida so‘z yuritiladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Hisobotga ko‘ra, dunyo aholisining 26 foizga yaqinini 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil qiladi.
Hujjatda, shuningdek, Yer aholisining 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlarining taxminan yarmi gender ko‘rsatkichi bo‘yicha kamsitilishni (erkaklar foydasiga) boshdan kechirishi ta’kidlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)