Xitoy sudi 21 yil muqaddam zo‘ravonlik va qotillikda ayblanib qatl etilgan erkakni aybsiz deb topdi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ne Shubin 1995-yili qatl etilgan edi. O‘sha payti u 21 yoshda edi.
Yigit 1994-yil 1-oktabrida Xebey provinsiyasining Shitszyachjuan shahrida istiqomat qiluvchi qizga hujum qilishda ayblanib hibsga olingan edi. Voqea o‘sha yilning 5-avgustida ro‘y berdi. 1995-yil mayida sud Shubinni o‘lim jazosiga hukm qildi.
Ayblanuvchi apellyatsiya instansiyasiga shikoyat qildi, ammo qaror o‘zgartirilmadi va hukm ijro etildi.
Oradan o‘n yil o‘tib, 2005-yil 18-yanvarida seriyali qotil va zo‘ravon Van Shutszin Ne Shubinning bo‘yniga qo‘yilgan jinoyatlarni o‘zi sodir etganini tan oldi. Sud qotilni o‘lim jazosiga hukm qildi, ayni paytda ish apellyatsiyaga berilgan va ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)