Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) Nazorat-axloq va tartib-intizom qo‘mitasi Daniyaning “Kopengagen” futbol klubini “Lester”ga qarshi YChL guruh bosqichi 5-tur o‘yinida jamoa muxlislarining xulqi uchun 19 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Daniya klubi muxlislari o‘yin vaqtida pirotexnika vositalarini ishlatgani uchun UEFA shunday qarorga kelgan. Tashkilot reglamentiga ko‘ra, o‘yin vaqtida pirotexnika vositalaridan foydalanish tartib-intizom qoidalarining buzilishiga olib keladi.
18-oktabr kuni “Kopengagen” va “Lester” o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Angliya chempioni 1:0 hisobida zafar quchgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)