Kuba inqilobi yetakchisi, marhum Fidel Kastroning xokini olib ketayotgan motam korteji 2-dekabr kuni ertalabki soatlarda Kuba markazidagi Kamaguey shahrida to‘xtaganidan so‘ng yana yo‘lga chiqdi. Minglab mahalliy aholi vakillari marhum davlat rahbari bilan xayrlashish uchun shahar ko‘chalariga chiqdi, deb xabar beradi “TASS”.
Kortej tunni o‘tkazish uchun to‘xtagach, Kastroning xoki tungi soatlarda Inqilob maydonidagi me’moriy kompleks asosidagi “Ximaguayu” zalida turdi.
Kortej 30-noyabrda Gavanadan yo‘lga chiqqan edi. Safarning yakuniy nuqtasi — Santyago-de-Kuba bo‘lib, 4-dekabr kuni u yerda Kastroning qoldiqlari yerga qo‘yiladi.
Izoh (0)