Ispaniya fuqarolik gvardiyasi Barselona xalqaro aeroportida noqonuniy ravishda 1 million yevro olib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki nafar Xitoy fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Huquq-tartibot idoralari vakillariga ko‘ra, xitoyliklarning yuki aeroport fuqarolik gvardiyasi xodimlarining diqqatini tortgan. Uni ko‘zdan kechirish chog‘ida huquq-tartibot xodimlari deklaratsiyaga kiritilmagan naqd pullarni aniqladi. Pullar axlat qoplariga yashirilgan edi.
27 va 28 yoshdagi ikki XXR fuqarosi pullarni olib, Ispaniyadan Shanxayga uchib ketmoqchi edi.
Xitoyliklar ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinmoqda.
Izoh (0)