Yaponiyaning Niigata prefekturasi ma’muriyati 1-dekabr kuni H5 — parranda grippi virusi tarqalishining oldini olish maqsadida 230 ming tovuqni so‘ydirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Mahalliy ma’muriyat iltimosiga ko‘ra safarbar etilgan prefektura xodimlari hamda Yaponiya mudofaa kuchlari xizmatchilari 4-dekabr, yakshanbaga qadar parrandalarni yo‘q qilishda ishtirok etadi.
Xastalik qayd etilgan fermadan 3 kilometr masofada bo‘lgan barcha xo‘jaliklar tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Izoh (0)