Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya Aralash janglar san’ati (MMA) ittifoqi prezidenti Fyodor Yemelyanenkoni uning shaxsiy hayotiga aralashganlikda aybladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Yemelyanenko havaskor MMAni boshqaradi. Uning professional, shu jumladan, biznikiga o‘xshagan jang klublariga aloqasi yo‘q. Nima uchun u baho beradi? U izohlar bilan birga o‘g‘limning suratini yukladi. Ijtimoiy tarmoqlarga esa har xil insonlar kiradi. Buning oqibatida o‘g‘limga nisbatan haqoratli so‘zlar yog‘ildi”, – dedi Qodirov.
Checheniston rahbari Yemelyanenkoning bunday xatti-harakati axloqsiz deb atadi.
Qayd etish joiz, Fyodor Yemelyanenko 4-oktabr kuni Grozniy shahrida o‘tkazilgan Grand Prix Akhmat 2016 aralash janglar turnirida yosh bolalar ishtirokini tanqid qilgandi. Keyinroq “Axmat” klubi prezidenti Abuzayd Vismuradov Rossiya MMA rahbarining ushbu masala yuzasidan tanqid qilishga haqqi yo‘q ekanini aytgandi. Shuningdek, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Yemelyanenkoning tanqidiga o‘z munosabatini bildirgan edi.
Ushbu voqeadan keyin 40 yoshli Yemelyanenkoning 16 yoshli qiziga hujum qilingandi. Sobiq jangchining qiziga qilingan hujum Fyodorning faoliyatiga bog‘liq-bog‘liqmasligiga hozirgacha aniqlik kiritilmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)