Irlandiyalik jangchi Konor Makgregor yarim yengil vazn toifasida Mutlaq jangchilik chempionati (UFC) chempionligi unvonidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda, tashkilot matbuot xizmatiga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Yarim yengil vazn toifasida mutlaq chempionlik maqomiga braziliyalik Joze Aldo ega bo‘ldi.
Makgregor yengil vazn toifasida chempionlikni saqlab turibdi. 12-noyabr kuni u Eddi Alvares ustidan g‘alaba qozonib, mazkur unvonga sazovor bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor ikki vazn toifasida UFC chempioni bo‘lgan birinchi jangchiga aylangan edi.
Izoh (0)