O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov faoliyatini mamlakat Oliy Ligasi klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Championat.asia” sayti xabar berdi.
Odatga ko‘ra Qosimovga Aleksandr Volkov yordam beradi. Shuningdek, Baxtiyor Ashurmatov ham murabbiylar shtabidan o‘rin oladi. Ma’lum bo‘lishicha, shtab ayrim futbolchilar bilan aloqaga chiqib ulgurgan. Bunda ularning qaysi klubga boshchilik qilishi ham, qaysi futbolchilar bilan muzokaraga kirgani ham sir tutilgan.
Avvalroq “Olmaliq”dagi o‘rnini Viktor Kumikovga topshirgan Igor Shkvirin “Paxtakor”ni qabul qilib olishi haqida xabar paydo bo‘lgandi.
Izoh (0)