Tesla kompaniyasi Tinch okeanida joylashgan Tau orolini dizel generatorlaridan Quyosh batareyalariga o‘tkazdi. Bu haqda, kompaniya blogidagi xabarga asoslanib, “Rosbalt” ma’lum qildi.
Aytilishicha, kompaniya mutaxassislari orol hududida 5,3 ming Quyosh panellarini o‘rnatdi, shuningdek, energiya saqlash uchun 60 ta Tesla Powerpack batareyalarini joylashtirdi. Kompaniya vakillariga ko‘ra, bu orolning energetik ehtiyojini qariyb 100 foizga qoplash imkonini beradi.
Panellarning umumiy quvvati 1,4 MVt ni tashkil etadi. Loyiha orolda istiqomat qiluvchi 600 kishini elektr quvvati bilan ta’minlashga yordam beradi.
Izoh (0)