Germaniya kansleri Angela Merkel rasmiy Berlin Suriyadagi tibbiyot muassasalari qasddan bombalanayotgani borasida ko‘plab dalillarga egaligini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Suriyadagi vaziyat kun sayin bizni ko‘proq qayg‘uga solmoqda, ayniqsa Aleppoda bo‘layotgan voqealarni ko‘rganimizda. Tan olishim kerakki, shifoxonalar va tibbiy muassasalar ataylab bombalanayotganiga ko‘plab ishoralar mavjud”, — dedi u Bundestagdagi chiqishida.
Merkel tibbiy muassasalarga hujum qilish xalqaro qonunchilikda taqiqlanganini eslatib o‘tdi.
Bundan tashqari, Germaniya kansleri Rossiya Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlayotganidan afsusdaligini bildirdi.
Izoh (0)