Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Fransiyaga qarshi Yevro–2016 finali oldidan nimalarni his qilganini aytib o‘tdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Uchrashuv oldidan chigalyozdi mashqlarini bajarishga chiqqanimizda Fransiya termasi a’zolari bo‘shashganini payqadim. To‘g‘ri, har bir futbolchining o‘yin oldidan jilmayishga haqqi bor, ammo raqib juda xursand ko‘ringandi. Ular xuddi finalda g‘alaba qozonib bo‘lgandek edi. Menimcha bu bizga ustunlik bag‘ishladi.
Men jamoadoshlarimga: ‘Yigitlar, fransiyaliklar osonlikcha bizni yutadi deb o‘ylayapti, ammo bu bizning final bo‘ladi. Ular Portugaliyani yutish qiyin ekanini aytadi’ degandim. Raqibning xatti-harakatidan ular o‘ziga juda ishonib yuborganini ko‘rsatdi va men sardor sifatida bundan foydalandim”, – dedi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchi final uchrashuvi davomida jarohat olib, maydonni tark etgandi. Shunga qaramay, Portugaliya qo‘shimcha bo‘limlarda Ederning goli evaziga Yevropa chempioniga aylandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)