Daryo

Portugaliya terma jamoasi Yevro—2016 ni oltin medallar bilan yakunladi

Fernandu Santush boshchilik qilgan Portugaliya terma jamoasi o‘z tarixida birinchi bor Yevropa Chempionligini qo‘lga kiritdi

1 daqiqa o‘qish20 609 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: UEFA

Fernandu Santush boshchilik qilgan Portugaliya terma jamoasi o‘z tarixida birinchi bor Yevropa Chempionligini qo‘lga kiritdi.

Foto: UEFA

Yevro—2016 ning hal qiluvchi o‘yinida mezbon Fransiyaga qarshi saf tortgan Portugaliya Ederning 109-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga zafar quchdi.

Bunga qadar Portugaliya 2004-yilgi qit’a chempionatida finalga qadar yetib kelgan va mezbon bo‘lishiga qaramay Gretsiyaga imkoniyatni boy bergandi. Oradan 12 yil o‘tib Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari birinchi bor Yevropa taxtiga chiqdi.

Bellashuvning 24-daqiqasida Krishtianu Ronaldu jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Portugaliya terma jamoasi Yevro—2016 doirasida o‘tkazilgan yetti bellashuvning 6 tasida raqiblarini asosiy vaqtda mag‘lub eta olmadi. Yarim final doirasida Uelsga qarshi kechgan bellashuvdagina Fernandu Santush jamoasi asosiy vaqtdayoq masalani hal qila olgandi.

Pley-offning 1 ta o‘yinida Polshani penaltilar seriyasiga ko‘ra taslim qilgan Portugaliya, Xorvatiya va Fransiyaga qarshi o‘yinlarda qo‘shimcha daqiqalardagi gol evaziga zafar quchdi.

Fransiya terma jamoasi 1984 va 2000-yilgi Yevropa Chempionatlarida zafar quchgandi. Chempionlik borasida Ispaniya va Germaniya peshqadam — 3 martadan.

Portugaliya terma jamoasi safida Eysebio, Luish Figu kabi futbolchilar harakat qilgan davrda ham Yevropa Chempionligi qo‘lga kiritilmagan. Krishtianu Ronaldu davrida esa portugallar Yevropaga taxtiga chiqdi.

Krishtianu Ronaldu 4 ta Yevropa Chempionatida gol urgan yagona futbolchi. Ronaldu Yevroda eng ko‘p gol urgan 2 ta futbolchidan biri. Krishtianu Yevropa Chempionatida eng ko‘p o‘yin ko‘rsatgan futbolchi. Ronaldu bir mavsumning o‘zida ham Chempionlar Ligasida, ham Yevropa Chempionatida zafar quchgan futbolchi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar