7,4 magnitudali kuchli zilziladan so‘ng balandligi bir metr bo‘lgan sunami to‘lqini Yaponiyaning “Fukusima-1” AESga yetdi. Bu haqda Tokyo Electric Power operator kompaniyasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, sunami oqibatida yetkazilgan zarar qayd etilmagan.
Xuddi shunday balandlikdagi to‘lqin qo‘shni “Fukusima-2” stansiyaga yetdi. U yerda favqulodda vaziyatning yuzaga kelganligi haqida ma’lumot kelib tushmadi.
Bugun, 22-noyabr kuni mahalliy vaqt bo‘yicha 05:59 da shimoli-sharqiy Fukusima prefekturasida 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Yaponiya Milliy meteorologiya boshqarmasining ma’lum qilishicha, tabiiy ofat epimarkazi mazkur prefekturadan sharqda, uning o‘chog‘i esa okean ostida, 25 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Sunami xavfi saqlanmoqda, to‘lqinlar balandligi uch metrga yetishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)