Amerikalik va iroqlik maxsus mo‘ljal qo‘shinlari jangchilaridan tarkib topgan desant guruhi 21-noyabr kuni o‘tkazgan operatsiya doirasida Mosul yaqinida IShID terrorchi guruhining yetti jangarisini qo‘lga oldi. Bu haqda, Naynava viloyatidagi kurd qo‘shinlari qo‘mondonligi vakili G‘iyos as-Surjiyga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Al Arabiya telekanalining ma’lum qilishicha, desant guruhi Abu Sadira aholi yashash punkti yaqinida tushgan. U yerda IShIDning shtablaridan biri joylashgan.
“Operatsiya chog‘ida desantchilar kamida yetti jangarini qo‘lga oldi”, — ta’kidladi Surjiy.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)