Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Zika virusi bilan bog‘liq xalqaro favqulodda holatni bekor qildi. Shunga qaramasdan, virus tashkilotning uzoq muddatli faoliyati dasturi tarkibida qoladi, deb yozadi “Interfaks”.
Yuqumli xastalik 30 ga yaqin mamlakatda bolalar jiddiy tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. Bolalar mikrotsefaliya: anomal kichkina bosh va miya rivojlanishining cheklanishi bilan dunyoga keldi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, birgina Braziliyada asab tizimi rivojlanishining buzilishi bilan bog‘liq 2100 dan ortiq holat qayd etilgan. Virus asosan chivinlar tomonidan tarqalsa ham, u shuningdek, jinsiy yo‘l bilan ham yuqishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)