Ruminiyaning sobiq prezidenti, yaqinda Moldova fuqaroligini olgan Trayan Besesku ushbu mamlakat rahbari saylovining ikkinchi turida ovoz berdi. Bu haqda u Buxarestdagi Moldova elchixonasida joylashgan saylov uchastkasida jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida aytib berdi, deb xabar qilmoqda “TASS”.
“Moldova fuqarosi sifatida men Yevropa qadriyatlari g‘alaba qilishini xohlayman”, — dedi Besesku.
O‘tgan hafta Besesku Yevropa tarafdorlarining yagona nomzodi bo‘lmish Mayya Sanduga ovoz berishini bildirgan edi.
“Men Sanduga ovoz beraman, negaki, Moldova Yevropa kursini saqlab qolsa, u vaqti kelib Ruminiya bilan birlashadi”, — degan edi Besesku TVR telekanali efirida.
2014-yilda davlat rahbari lavozimidan ketgach, Besesku ikki mamlakatning birlashishi masalasiga asosiy e’tiborini qaratishini ma’lum qilgan edi. U Moldova bilan birlashish Ruminiyaning NATOga va Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishdan keyingi uchinchi milliy loyihasi bo‘lishi lozimligini aytib keladi.
Izoh (0)