O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Server Jeparov va Aziz Haydarov katta ehtimol bilan Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. “Championat.asia” nashri har ikki futbolchiga jarohat halal berishi mumkinligini qayd etgan.
Jamoa vitse-sardori hisoblangan Server Jeparov Iordaniyaga qarshi 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida jarohat olgandi. Shu boisdan uning Janubiy Koreyaga qarshi to‘p surishi so‘roq ostida. Qayd etish kerak, Jeparov terma jamoa tarkibiga jalb etilgan futbolchilar orasida Janbiy Koreyada to‘p surgan yagona o‘yinchi hisoblanadi.
Avvalroq futbol agenti San’at Sharipov o‘zining Twitter sahifasida Aziz Haydarov mashg‘ulotda jarohat olib, terma jamoa lagerini tark etgani haqida aytgandi.
Izoh (0)