“Bunyodkor” klubining O‘zbekiston milliy terma jamoasida to‘p suradigan hujumchisi Eldor Shomurodov “Interfutbol” gazetasiga bergan intervyusida “Real” yoki “Barselona”ga muxlis emasligi haqida aytib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, u Angliyaning “Chelsi” klubiga ishqibozlik qiladi.
“Fernando Torres va Didye Drogbaning o‘yinlari yoqadi. Men ‘Chelsi’ muxlisiman”, — fikr bildirgan Eldor Shomurodov, o‘zi tashrif buyurgan shaharlari ichida eng yoqib qolgani Vengriya poytaxti Budapesht ekanini aytgan.
“Hozircha hech qaysi klubdan taklif tushmadi. Biroq kuchliroq chempionatda o‘ynash istagim bor. Umuman olganda hozirgi holatimni faqatgina orzu qilgandim. Ammo bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasman. Dadam futbol o‘ynaganida, uni kuzatib turardim. Shu orqali futbolga qiziqish paydo bo‘lgan”, — deya ta’kidladi Eldor Shomurodov.
Ma’lumot uchun, 2015-yil yakunlariga ko‘ra Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun kurash olib borgan Eldor Shomurodov bir oy avval ProSport Management kompaniyasi bilan o‘zaro bitim tuzgandi.
Izoh (0)