Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi yiliga 3,125 foizlik 1 milliard yevroga teng yetti yillik yevroobligatsiyalarni bozorga chiqardi, deb yozadi “RBK”. Ularga bo‘lgan talab 1,35 milliard yevrodan oshdi.
Nashrning bank doiralaridagi manbalari ma’lum qilishicha, obligatsiyalarning daromad keltirish mo‘ljali dastlab 3—3,25 foizni tashkil qilgan, biroq joylashtirish vaqtida yangilangan. Obligatsiyalarning joylashtirilishi “Gazprom”ning Lyuksemburgdagi sho‘ba tuzilmasi Gaz Capital S.A. ishtirokida kechdi.
“Gazprom” matbuot xizmati bondlar joylashtirilishining yakunlari borasida izoh bergani yo‘q.