“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi majlislar zalida kompaniya raisi F. Rizayev O‘zbekistonning yirik sayyohlik kompaniyalari, Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi rahbarlari bilan ishchi majlisini o‘tkazdi, deya xabar bermoqda UzReport.
Majlis chog‘ida sayyohlik kompaniyalarining 2017-yilgi xalqaro ko‘rgazmalardagi ishtiroki masalalari muhokama qilindi, professional ishtirokchilari va tashrifchilar borasida eng manfaatli bo‘lgan xorijiy ko‘rgazmalar aniqlandi.
Shuningdek, B2B shaklidagi uchrashuvlarni tashkil qilish hamda O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini chet elda taqdim etish masalalari muhokama etildi.
Izoh (0)