Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo klub shifokorlar shtabining ishidan qoniqish hosil qilmayapti. Bu haqda The Sun nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, portugaliyalik mutaxassis futbolchilarning tez-tez jarohat olishida shifokorlarni ayblamoqda. Yarim himoyachi Genrix Mxitaryan jarohat olib safdan chiqqanidan so‘ng Mourinyo shifokorlar shtabidan tushuntirish talab qilgan.
Faoliyati davomida Joze Mourinyo o‘zi ishlagan jamoalarining shifokorlar shtabi o‘rtasida avvalroq ham ixtilof kelib chiqqan. Xususan, portugaliyalik murabbiy “Chelsi”ni boshqarganida jamoa shifokori Yeva Karneyro bilan janjallashgan. Ularning mojarosi sud orqali hal qilingan.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” Angliya chempionati 11-turidan so‘ng 18 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)