Xitoyning LeEco kompaniyasi rahbari Szya Yuiting zamonaviy texnologiyalarning smartfonlardan tortib elektrokarlargacha bo‘lgan barcha sohalarida shiddat bilan o‘sish uchun naqd pul yetishmasligi haqida e’lon qildi, deb yozadi TJournal.
O‘z xodimlariga qaratilgan uzun xatda Szya Yuiting aksiyadorlar oldida uzr so‘radi va o‘z daromadlarini 1 yevrogacha qisqartirish va kompaniyani o‘sishning ancha mo‘tadil bosqichiga chiqarish majburiyatini o‘z bo‘yniga oldi.
Szya dastur xarajatlarini kamaytirish choralari, mijozlar uchun subsidiyalarni pasaytirish va yangilari o‘rniga, mavjud korxonalarga e’tibor qaratishni qayd etdi.
Izoh (0)