Madridning “Real” jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” mukofotini yutib olish imkoniyatini yaxshi deb baholadi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“‘Oltin to‘p’? YChL va Yevropa chempionati g‘olibligi, shartnoma uzaytirilishidan so‘ng xotirjamman. Men o‘zim ovoz bermayman va natijalar menga bog‘liq emas. ‘Oltin to‘p’ haqida ko‘p o‘ylamayman. Bu muhim mukofot, ammo uni qo‘lga kiritishda jamoaviy yutuqlarning ahamiyati katta”, – dedi portugaliyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Ronaldu “Real” bilan shartnomasini 2021-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)