Misr Davlat kengashi huzuridagi Ma’muriy sud Saudiya Arabistoni bilan dengiz chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha kelishuvni mamlakat qonunlariga zid deb topish to‘g‘risidagi ilgarigi qarorni tasdiqladi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, Misr Saudiyaga Tiran va Sanafir orollarini berishi lozim edi, deb xabar qiladi “TASS”.
Mamlakat hukumati saudiyaliklar bilan kelishilgan holda tuzgan shartnoma shu yilning iyun oyida sud qarori bilan g‘ayriqonuniy deb topilgan edi. Hukumat kiritgan apellyatsiya arizasi ma’muriy sudda ko‘rib chiqilganidan so‘ng rad etildi.
Kelishuv aprel oyining boshida Saudiya Arabistoni qirolining Misrga tashrifi chog‘ida imzolangan edi.
Izoh (0)