IShID guruhi terrorchilari noyabr oyida Iroqning Mosul shahri yaqinida Iroq maxsus xizmatlarining 295 nafar sobiq xodimlarini olib qochdi. Bu haqda maxsus brifing chog‘ida BMT inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi vakili Ravina Shamsadoniy bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “Interfaks”.
“IShID jangarilari odamlarni zo‘rlik bilan olib qochmoqda, aftidan, ulardan tirik qalqon sifatida foydalanish yoki shunchaki o‘ldirishi rejalashtirilmoqda”, — dedi Shamsadoniy jurnalistlar bilan muloqotda.
Uning keltirishicha, 3-noyabrga o‘tish kechasi 100 ga yaqin sobiq harbiy xizmatchi olib qochilgan bo‘lsa, 1–4-noyabr orasida Tal-Afar shahri yaqinida yana 195 harbiy yo‘qolgan.
Bundan tashqari, terrorchilar Hammom al-Alil shahridan chekinish paytida u yerdan 1,5 ming oilani Mosulga zo‘rlik bilan ko‘chirgani esga olindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)