Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Almaty Towers biznes markazida yong‘in kelib chiqishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 6 kishiga yetdi. Bu haqda Tengrinews portaliga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Yong‘in 6-noyabr, yakshanba kuni kechki payt sodir bo‘ldi. Olov majmuaga kiruvchi Cinema Towers 3D kinoteatridan boshlangani muqaddam xabar qilingan edi. 80 nafardan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Umumiy yong‘in maydoni 1 800 kvadrat metrni tashkil qildi.
6-noyabr, yakshanba kuni 1 kishi vafot etgani haqida ma’lum qilingandi. U 54 yoshli payvandchi bo‘lib chiqdi. 7-noyabr, dushanba kuni yana besh kishining jasadi aniqlandi.
Taxminlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar montaj ishlarini olib borgan ishchilar bo‘lgan.
Izoh (0)