Germaniya prokuraturasi Volkswagen konserni kuzatuv kengashi rahbari Gans Diter Pyotshga qarshi rasman tergov boshlanganini tasdiqladi. U “dizel janjali” doirasida bozor manipulyatsiyalariga aralashganlikda gumon qilinmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Tergovdan asosiy maqsad — 2015-yilda kompaniya “dizel janjali”ning moliyaviy oqibatlari haqidagi ma’lumotlarni chop etishni kechiktirish yo‘li bilan bozorda qalloblikka qo‘l urgan-urmaganini aniqlash.
Kompaniya vakillari ayblovlarni inkor qilib, Pyotsh bozor ishtirokchilarini konsernning janjal doirasidagi xatti-harakatlaridan to‘liq boxabar etib borganini uqtirmoqda.
Bu kabi ayblovlar ilgariroq Germaniya prokuraturasi tomonidan konsernning sobiq rahbari Martin Vinterkornga hamda bo‘linma direktori Gerbert Disga qarshi ilgari surilgan edi.
Izoh (0)