Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniya texnik nazorat assotsiatsiya (TÜV) avtomobillar ishonchliligi reytingini (TÜV-Report 2017) e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: “Pinthiscars.com”

Foto: “Pinthiscars.com”

2—3 yoshli mashinalar orasida yetakchilikni Germaniyaning Mercedes-Benz GLK krossoveri va Porsche 911 sport avtomobili bo‘lishib oldi. Eng ishonchli avtolar beshligini yana nemis mashinalari — Mercedes-Benz B-Class, Mercedes-Benz A-Class va Mercedes-Benz SLK-Class yakunlab berdi. Oltinchi o‘rinda Mazda 2, keyingi qatorlarda Mercedes-Benz M/GL-Class, Opel Adam, Opel Mokka va Audi Q5 qayd etildi.

Janubiy Koreyaning Kia Sorento va Kia Sportage mashinalari esa nemislar ishonchini qozonolmadi.

4—5 yoshli avtomobillar orasida reytingga Mercedes SLK, Audi A6/A7, Audi TT, Audi Q5 va Porsche 911 kiritildi. Mitsubishi ASX esa oltinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Chiqarilganiga 6—7 yil bo‘lgan mashinalar safida germaniyalik mijozlar Mazda 3, Porsche 911, Audi TT, BMW X1 va Toyota Avensis avtomobillariga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQShning Consumer Reports nashri avtomobillarning ishonchlilik reytingini tuzgan, unda Lexus va Toyota ustunlik qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Lionel Messi “Barselona”ga o‘tish uchun “Al-Hilol” va “Inter Mayami”dan yordam so‘radi
Mahalliy
Namanganda kutubxona qurish uchun ajratilgan yerni 35 ming dollarga sotishga uringan deputat qo‘lga olindi 
Dunyo
Medvedev “dushmanga past baho bermaslikka” chaqirdi