Filippinlik sport ishqibozi Uels Kasuyo sevimli bokschisi va vatandoshi Nonito Doneyrning mag‘lubiyatidan so‘ng yurak to‘xtashidan qazo qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
6-noyabr kuni Nonito WBO chempionlik kamari uchun olib borilgan bahsda amerikalik Jessi Magdalenodan mag‘lub bo‘ldi.
62 yoshli Kasuyo shu chog‘da yuragini changallab yiqildi. U Doneyrning ashaddiy muxlisi edi.
Iste’fodagi politsiyachi bo‘lmish Kasuyo 2010-yildan beri gipertenziyaga qarshi dori ichib kelar edi.
Izoh (0)