Joriy yil boshidan beri O‘rta Yer dengizi orqali Yevropaga kelgan muhojirlar va qochqinlar soni 335 ming kishini tashkil qildi. Yo‘lda 4 ming kishi halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi. Bu haqda, Xalqaro migratsiya tashkiloti bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
4-noyabr kuni Jenevada chop etilgan axborot byulletenida aytilishicha, 2-noyabr holatiga ko‘ra Yevropaga yetib kelgan muhojirlar soni 335031 kishini tashkil qildi. Muhojirlarning asosiy qismini Gretsiya (170 ming) va Italiya (158 mingdan ortiq) qabul qildi.
Joriy yil kelgan muhojirlar o‘tgan yil ko‘rsatkichlaridan ancha kam. 2015-yil 31-oktabr holatiga ko‘ra Yevropaga 729 ming muhojir yetib kelgan edi.
Izoh (0)