London oliy sudi 3-noyabr kuni Buyuk Britaniya hukumati mustaqil ravishda Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish jarayonini boshlash huquqiga ega emasligi haqidagi qarorni chiqardi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Hujjatda belgilanishicha, Brexit’ni boshlash haqidagi qaror dastlab parlament muhokamasidan va ovoz berishidan o‘tishi lozim.
Qaror Buyuk Britaniya sud tizimi rasmiy portalida chop etildi. Unda da’vogarlar sifatida SCM Private investitsion fondi menejeri Jina Miller va sartarosh Deyr Tozetti dush Santush, javobgar sifatida esa Yevroittifoq tarkibidan chiqish masalalari bo‘yicha vazir Devid Devis ko‘rsatilgan.
Izoh (0)