Fransiyaning eng nufuzli adabiy mukofoti — Gonkur premiyasi adiba Leyla Slimaniga topshirildi. Bu haqda, France Info radiostansiyasiga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
35 yoshli adiba “Yoqimli kuy” kitobi uchun ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi. Adibaning ikkinchi romani enaga tomonidan ikki bolaning o‘ldirilishidan boshlanadi, enaganing shu oila bilan munosabatlari retrospektiv tasvirlanishi esa bayon uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mukofotga nomzodlar orasida Katrin Kyusse, Gael Fayye va Reji Jofre bor edi.
Leyla Slimani 1981-yilda Marokashda tug‘ilgan. U 18 yoshida Fransiyaga ko‘chib o‘tgan. 2014-yilda Slimanining “Odamxo‘rning bog‘ida” nomli birinchi romani chop etilgan edi.
Izoh (0)