Gollivud aktyori Jonni Depp Joan Roulingning “Fantastik jonivorlar va ularning yashash makoni” nomli kitobiga asoslangan filmning ikkinchi qismida rol ijro etadi. Ushbu filmlar Garri Potter haqidagi mashhur filmlarning spin-offidir (voqealari bir joyda bo‘ladigan, ammo qahramonlari boshqa film), deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Filmning va Jonni Depp gavdalantiradigan personajning nomi sir saqlanmoqda. Kartina 2018-yilda katta ekranlarga chiqadi.
Depp “Fantastik jonivorlar”ning birinchi qismida ham epizodik rol ijro etgan edi. Birinchi film rejissori — Devid Yeyts.
O‘z navbatida, Joan Rouling “Fantastik jonivorlar va ularning yashash makoni” kitobi asosida beshta film suratga olinishini ma’lum qildi.