Futbol bo‘yicha JCh–2018 turniriga saralashning uchinchi bosqichida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi 5-tur uchrashuvi oldidan Toshkentda Iordaniya futbolchilari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu uchrashuv 10-noyabr, payshanba kuni Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 17:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi 15-noyabr kuni Seulda bo‘lib o‘tadigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 4-noyabr kuni o‘zining navbatdagi yig‘iniga kirishadi.
Izoh (0)